Katanesning uch nafar yordamchisi O‘FAdan tovon puli talab qilyapti

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanetsning uch nafar yordamchisi FIFAga ariza bilan murojaat qilib, 350 ming yevro tovon puli talab qilgan.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining mazkur yuzasidan bergan rasmiy munosabatida aytilishicha, «milliy terma jamoa sobiq bosh murabbiyi yordamchi murabbiylari mehnat shartnomalarida belgilangan «bosh murabbiyning mehnat shartnomasi bekor bo‘lganda yordamchi murabbiylarning ham shartnomasi bir vaqtning o‘zida bekor bo‘lishi» opsiyasining ishga tushganligi bois, ular bilan shartnomalar bir tomonlama avtomatik tarzda bekor bo‘lgan va bu haqida ularga ma’lum qilingan».
Ta’kidlanishicha, sobiq bosh murabbiy shartnomasining taraflarning roziligi bilan bekor bo‘lishi va jamoaga yangi murabbiylar shtabining kelishi sobiq murabbiylar shtabi a’zolarining shartnomalarini ham bekor bo‘lishiga olib keladi.
Terma jamoa sobiq bosh murabbiyi yordamchi murabbiylari mehnat shartnomalariga kiritilgan ushbu bandlar esa FIFA va Sport Arbitraj sudi yurisprudensiyasida normal amaliyot sifatida qabul qilinadi.
O‘FAning rasmiy munosabatida, shuningdek, avvalroq Assotsiatsiya tomonidan tegishli bandlarga asosan shartnomalari bekor bo‘lgan murabbiylar shtabi a’zolariga boshqa yosh toifasidagi terma jamoalarda ishlash bo‘yicha takliflar berilgani aytiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter