Krishtianu Ronaldu birinchi milliarder futbolchiga aylandi

Krishtianu Ronaldu futbolchilar orasida birinchi bo‘lib milliarderga aylandi. Bloomberg bu haqda o‘z indeksi (Billionaires Index)ga asoslanib xabar berdi.
Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, sportchining boyligi 1,4 milliard dollarga yetgan.
Ronaldu 20 yildan oshgan faoliyati davomida Armani va Nike kabi yirik brendlar bilan hamkorlik qilgan. Biroq, Bloomberg ta’kidlashicha, aynan hozir — «futbolchilik faoliyatining oxirida» 40 yoshli portugaliyalik eng boy sportchilar qatoriga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Ronaldu Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi bilan 400 million dollarlik yangi shartnoma imzolagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter