MDH o‘yinlari: O‘zbekistonning oltin medallari 25 taga yetdi

Ozarbayjonda III MDH o‘yinlari yakuniga yetib bormoqda. Ortda qolgan kun O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Oltin:
- Javohir Sharifboyev (yunon-rum kurashi, -45 kg)
- Farid Karomov (yunon-rum kurashi, -48 kg)
- Abdulaziz Xolmirzayev (yunon-rum kurashi, -80 kg)
Kumush:
- Saidamir Ne’matov (yunon-rum kurashi, -110 kg)
- Chavgon bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
Bronza:
- Azizbek Barlikbayev (yunon-rum kurashi, -65 kg)
- Faxrikamol Komiljonov (yunon-rum kurashi, -92 kg)
- Qilichbozlik (shpaga, yigitlar jamoaviy)
- Qilichbozlik (sablya, qizlar jamoaviy)
- Badiiy gimnastika (bulava, jamoaviy)
Ayni paytda O‘zbekiston delegatsiyasi jamlagan medallar — 25 ta oltin, 33 ta kumush va 60 ta bronza.
Bugun so‘nggi kun bellashuvlari o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter