Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Octobank’ning birinchi korporativ futbol turniri — «Football CUP» bo‘lib o‘tdi

Octobank’ning birinchi korporativ futbol turniri — «Football CUP» bo‘lib o‘tdi

2025 yil 11 oktyabr kuni Jar stadioni hayajon, jo‘shqinlik va karnay-surnay sadolari bilan to‘lib-toshdi — Octobank o‘zining birinchi yirik korporativ futbol turnirini shunday faolllik bilan o‘tkazdi. Bu kun nafaqat ishda, balki maydonda ham g‘alaba qozonishga odatlangan hamkasblarni birlashtirdi.

Yashil maydonda turli yo‘nalish, yosh va lavozimdagi xodimlar bir joyga jam bo‘lishdi: to‘rtta jamoa va bitta maqsad — sport musobaqasi ruhida quvonch va ijobiy his-tuyg‘ular bilan to‘lish.

DJ ritmni belgilab, muhitni jonlantirdi, animatorlar esa kayfiyatga yanada ko‘tarinkilik qo‘shishdi. Shu paytda tribunadan yaqinlarning quvonchli qiyqiriqlari va hayajonli olqishlari yangrab turdi.

Turnirni bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sardor Shavkiyev ochib berib, ishtirokchilarga halol o‘yin va chiroyli gollar tiladi.

Bugun biz futbol maydonida o‘zimizning jamoaviy ruhimiz, birdamligimiz va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqimizni namoyish etamiz. Octobank xodimlari allaqachon O‘zbekiston moliya bozorida eng kuchli hisoblanadi! Ushbu o‘yin ham bizni sportda va ishda yangi yutuqlarga ilhomlantirsin!”, – dedi Sardor Shavkiyev.

To‘rtta jamoa — FC OCTO CITY, OCTO STARS, OCTO UNITED va OCTO ATHLETIC ikki taymdan to‘liq kuch sarflab o‘yin olib borishdi. Bu yiqilishlar, kurashlar, tabassumlar va kuchli his-tuyg‘ular bilan to‘lib-toshgan haqiqiy o‘yin bo‘ldi. Har bir gol kurash orqali qo‘lga kiritilardi: o‘yinchilar oxirgi daqiqagacha yugurishar, darvozani himoya qilishga tashlanishar, yelkama-yelka turishar — barchasi umumiy natija uchun edi.

Natija esa g‘aroyib bo‘ldi. Turnir yakunida barcha to‘rtta jamoa ishtirokchilari qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishdi– chempionlarga iPhone 16 Pro Max smartfonlari topshirildi, jamoalarning qolgan ishtirokchilari esa texnika sotib olish uchun sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

Muxlislar ham e’tiborsiz qoldirilmadi. Ayollar o‘rtasida tashkil etilgan “Aniq zarba” tanlovida ham ma’lum masofadan to‘pni darvozaga tekkizish orqali smartfon yutib olish mumkin edi.

Ushbu turnir jamoaviy ruh va g‘alabaga intilish — nafaqat ish, balki Octobankdagi hayot tarzi ekanligini isbotladi. Axir kompaniyaning haqiqiy kuchi — bu har qanday vaziyatda ham jamoa bo‘la oladigan insonlardir.

Octobank – bu har bir kishi o‘zini oldinga intiluvchi katta harakatning, drayv va o‘zaro ko‘makning bir qismi sifatida his qiladigan makon. Bunday voqealar pazl kabi Octobankning cheksiz muvaffaqiyat tarixini yaratadi!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring