Terma jamoani qo‘llab-quvvatlaymiz: O‘FA va «Korzinka» bolalar uchun maxsus uchrashuv o‘tkazdi
Korzinka Park in Mall’da futbol maktablari tarbiyalanuvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv doirasida bolalar uchun pazandalik bo‘yicha mahorat darsi ham o‘tkazildi. Tadbirni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tashkil etdi.
Tadbirda futbol maktablarining 20 nafar o‘quvchisi va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ishtirok etdi. Yosh futbolchilar «Korzinka»ning tajribali novvoylari ko‘magida BIRGA yozuvi tushirilgan nonlarni yopishdi.

"Korzinka" tarmog‘i uchun oila, an’analar va qadrdon uy tafti hamisha qadrli. Bugun biz ushbu qadriyatlarni futbol quvvati bilan o‘zaro chog‘ishtirdik. Birgalikda non pishirish tadbiri juda ramziy ma’noga ega. Yangi pishirilgan non yaqinlarimizni bir dasturxon atrofida jamlagani kabi, biz ham milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun birlashishimiz kerak. Biz chempionatga "birga" – muxlislarning katta oilasi sifatida boramiz", - dedi Korzinka Kuzatuv kengashi a’zosi Alisher Hoshimov.

Bu kulchalar har bir muxlisning jamoa hayotiga daxldorligini aks ettiradi. "BIRGA" shiori jamoa va muxlislar bir butun tanaga aylanganda, katta g‘alabalar qozonish mumkinligiga ishora qiladi. Bunda terma jamoaning muvaffaqiyati umumiy bayramga aylanadi, stadion energiyasi esa maydondagi o‘yinchilarga kuch beradi.

“Sportchilar har doim qo‘llab-quvvatlashni his qilib turishlari juda muhim. Terma jamoaga ham bolalar, ham kattalarning qizg‘in muxlislik qilayotgani o‘yinchilar uchun bag‘oyat yoqimli. Bugungi aksiya ana shunday birdamlikning yorqin namunasidir. Ishonchim komilki, bunday qo‘llab-quvvatlash futbolchilarimizga har bir o‘yinda qo‘shimcha rag‘bat beradi”, - dedi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov.
Uchrashuv yakunida tadbir qatnashchilari endigina tandirdan uzilgan nonlarni birgalikda tatib ko‘rishdi. Shuningdek, mehmonlar birinchilardan bo‘lib merch va mavzuli mahsulotlar taqdim etilgan «Korzinka»dagi futbol burchagiga tashrif buyurishdi.

Futbol aksiyalari, yutuqli o‘yinlar va tadbirlarni o‘tkazib yubormaslik uchun «Korzinka» ijtimoiy tarmoqlariga obuna bo‘ling.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
«Korzinka» supermarketlar tarmog‘i matbuot xizmati
Doniyor Rasulov
tel.: +998 78 140 14 14
e-mail: pr@korzinka.uz

Kompaniya haqida
"Korzinka" 1996 yilda ta’sis etilgan. Hozirgi paytda tarmoq mamlakatning 12 ta hududida 200 tadan ziyod savdo nuqtasini birlashtiradi: "Korzinka" supermarketlari, “uy oldida” formatidagi “Korzinka Mahalla”, “Korzinka Biznes” ulgurji savdo do‘koni, shuningdek Korzinka Go onlayn-supermarketi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi to‘g‘risida
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi – O‘zbekistonda futbolni boshqarish bo‘yicha milliy tashkilot. Assotsiatsiya futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, milliy terma jamoalar faoliyatini muvofiqlashtirish, ommaviy va professional sportni targ‘ib etishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish uchun mas’uldir. 1994 yildan FIFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi a’zosi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter