Uch nafar kurashchimiz yilni jahon reytingi peshqadami sifatida yakunlamoqda
Birlashgan kurash dunyosi (UWW) joriy yilning dekabr oyi uchun jahon reytingini e’lon qildi.
2025-yil yakuni aks etgan mazkur jadvalda yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar a’zosi birinchi o‘rinda qayd etildi.
Ortda qolayotgan yil turli musobaqalarda yuqori natijalar bilan qimmatli ochkolarni jamg‘argan Alisher G‘aniyev (-60 kg), Aytjan Xalmaxanov (-63 kg) va Abdullo Aliyev (-72 kg) o‘z vazn toifalarida jahon reytingining peshqadami sifatida yilni yakunlaydigan bo‘lishdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter