Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iqlim o‘zgarishlari: birinchi «qizil chiziq»dan o‘tdik

Iqlim o‘zgarishlari: birinchi «qizil chiziq»dan o‘tdik

Illyustrativ foto

Yer iqlim o‘zgarishining birinchi kritik chegarasidan o‘tdi. Science News jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, okeanlar isishi oqibatida iqlim o‘zgarishining o‘ziga xos markeri hisoblangan marjon riflari ommaviy nobud bo‘ldi, endi ushbu ekotizimlar bilan bog‘liq milliardga yaqin odamning hayoti xavf ostida.

Harorat oshishi 1,5°C darajasida cheklangan taqdirda ham, tropik suvlardagi marjonlar qayta tiklanish qobiliyatini yo‘qotadi. Bu insoniyat duch kelgan eng jiddiy ekologik yo‘qotishlardan biridir, deyishmoqda olimlar.

Ekseter universiteti geografi Stiv Smit ta’kidlashicha, 2030-yilda harorat 1,5°C darajadan oshishi kutilmoqda. Shundan so‘ng Yerning iqlim tizimi ortga qaytmas jarayonlar boshlanadigan zonaga kirishi mumkin. Ushbu «qaytmaslik nuqtalari» ekotizimlarda vayron qiluvchi zanjirli reaksiyalarni keltirib chiqaradi.

Marjon riflari

Marjon riflarining o‘limidan tashqari, boshqa tabiiy tizimlar — Amazonka o‘rmonlari, Grenlandiya va Antarktida muz qatlamlari, shuningdek, Shimoliy Atlantika iqlimini tartibga soluvchi okean oqimlari ham kollaps yoqasida turibdi. Bunday o‘zgarishlar sayyoramizning iqlim xaritasini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin, deb ogohlantirishmoqda olimlar.

Hisobot mualliflarining fikricha, hozirgi xalqaro choralar tahdid ko‘lami uchun yetarli emas. Metan va qora uglerod chiqindilarini kamaytirish, shuningdek, barqaror ishlab chiqarish zanjirlariga o‘tishni tezlashtirish, jumladan, o‘rmonlarni kesish bilan bog‘liq mahsulotlardan voz kechish taklif qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring