O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbek-Fransuz universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi va ushbu muassasa o‘z faoliyatini O‘zbekiston qonunchiligi talablari hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida amalga oshiradi.
Universitetda dastlabki bosqichda magistratura, keyinchalik bosqichma-bosqich bakalavriat va doktoranturada kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, Universitetga kirish uchun tayyorlov kursi joriy etiladi.
Ta’lim jarayoni maqsadli davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Bitiruvchilarga Universitet diplomi va (yoki) Fransiya Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari bo‘yicha konsorsium tarkibiga kirgan tegishli Fransiya universitetining diplomi beriladi.
Bunda bitiruvchilarga berilgan diplom O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter