Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Artemida-2»: «Orion» Yer orbitasidan chiqib, Oyga yo‘l oldi

«Artemida-2»: «Orion» Yer orbitasidan chiqib, Oyga yo‘l oldi

Foto: NASA

«Artemida-2» missiyasi doirasida bortida to‘rt nafar astronavt bilan Oy tomon uchayotgan «Orion» fazoviy kemasi Yer orbitasini tark etib, uning yo‘ldoshi tomon yo‘l oldi.

Rejalashtirilganidek, AQSh Sharqiy sohili vaqti bilan soat 19:49 atrofida (Grinvich bo‘yicha 23:49, Toshkent vaqti bilan 04:49), «Orion» dvigatellari ishga tushib, kemaga katta tezlanish berdi.

«Insoniyat yana bir bor nimalarga qodirligini ko‘rsatdi, — dedi ushbu jarayondan so‘ng Kanada fazoviy agentligi astronavti, ekipaj a’zosi Jeremi Hansen. — Bizning Oy sari yo‘limizga sizning kelajakka bo‘lgan umidlaringiz madad bermoqda».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring