BAA ish joylarida sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha dunyoda yetakchi mamlakat bo‘ldi
Birlashgan Arab Amirliklarida ishchi-xodimlarning taxminiy 59.4% har kuni sun’iy intellekt vositalaridan foydalanadi. Biroq Singapurda bu ko‘rsatkich 58.6%ni tashkil etmoqda.
BAAda bu natija, mamlakatning texnologiya va sun’iy intellekt sohasiga yo‘naltirilgan tashabbuslari, davlat va xususiy sektordagi integratsiyalangan dasturlari bilan izohlanmoqda.
Shu bilan birga, qaysi sohalarda, qanday darajada amaliyotga kiritilgani borasida izlanishlar davom etmoqda: sun’iy intellekt vositalari samaradorligi, xodimlarning tayyorligi va etika jihatlari o‘rganilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter