Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sun’iy intellekt inson o‘rnini bosmasligi kerak — Rossiya diplomati

Sun’iy intellekt inson o‘rnini bosmasligi kerak — Rossiya diplomati

© Illyustratsiya: Leonardo

Rossiya su’niy intellektdan foydalanishning axloqiy tamoyillarini ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda.

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi departamenti direktori Aleksandr Alimov mamlakatning ta’lim va sun’iy intellekt etikasi sohasidagi tashabbuslari haqida so‘z yuritdi.

"Sun’iy intellektni qo‘llash insonga yordamchi bo‘lib qolishi kerak, uning o‘rinbosari emas," - dedi Alimov Sputnik muxbiriga bergan intervyusida.

Diplomat aytishiga ko‘ra, Rossiya su’niy intellektdan foydalanishning axloqiy tamoyillarini ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda. Rossiyada hukumat, biznes va jamiyat uchun tavsiyalarni o‘z ichiga olgan "Sun’iy intellekt sohasidagi axloqning oq kitobi" nashr etilgan.

U shuningdek, Moskva shahridagi Patris Lumumba nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti bazasida inklyuziv ta’lim bo‘yicha konferensiya o‘tkazish rejalashtirilganini qayd etdi.

"Biz barcha a’zo davlatlarni ishtirok etishga taklif qildik va dastlabki javoblarni olmoqdamiz," - dedi diplomat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring