Har yili «Eng yaxshi ixtiro» respublika tanlovi o‘tkazib boriladi
Joriy yil 27-noyabrdagi PQ–358-son qaror bilan intellektual faoliyat natijalarini rag‘batlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Unga ko‘ra, 2026-yil 1-martdan:
- Tadbirkorlarning barqarorlik reytingini aniqlashda intellektual mulkka oid huquqbuzarliklar uchun sud tomonidan javobgarlik choralari qo‘llangani reyting ballarini kamaytiruvchi hamda tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilariga ega bo‘lish qo‘shimcha ball beruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi;
- intellektual mulk ob’yektlariga doir muhofaza hujjatlari (guvohnoma, patent) dublikati to‘lov asosida onlayn shaklda beriladi.
Shuningdek, «Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun» ko‘krak nishonini ta’sis etiladi.
Intellektual mulk ob’yektlarini boshqarish bo‘yicha quyidagilarda oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yiladi:
- 2026/2027 o‘quv yilidan – O‘zbekiston milliy universitetida;
- 2029/2030 o‘quv yiligacha kamida 4 ta oliy ta’lim muassasasida.
2026 yildan har yili «Eng yaxshi ixtiro», «Eng yaxshi foydali model», «Eng yaxshi sanoat namunasi», «Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi» hamda «Eng yaxshi seleksiya yutug‘i» nominatsiyalari bo‘yicha respublika tanlovi o‘tkazib boriladi.
Tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha 1, 2 va 3-o‘rin g‘oliblariga BHMning 150, 125 va 100 baravari miqdorida mukofot puli beriladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter