O‘zbekiston armiyasida dron bo‘linmalari tashkil etildi
Prezident raisligida o‘tgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida so‘nggi yillarda O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida amalga oshirilgan islohotlar natijalari ham muhokama qilindi.
Milliy armiya zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlanmoqda, jangovar va ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik darajasi izchil oshirib borilmoqda.
Ma’lum qilinganidek, Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida yangi taktik usullar joriy etildi, mashg‘ulotlar soni va shiddati 1,5 barobarga oshirildi. Uchuvchisiz uchish apparatlari bo‘linmalari hamda dron mutaxassislarini tayyorlash markazlari tashkil etildi.
Armiyani raqamlashtirish natijasida axborot xavfsizligi, boshqaruv tizimi va xizmatlar samaradorligi sezilarli darajada yaxshilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq harbiylarning maoshi va pensiyasi oshirilishi ma’lum qilingandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter