Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh va Ukraina o‘rtasida muzokaralar «konstruktiv» ruhda o‘tdi – Uitkoff

AQSh va Ukraina o‘rtasida muzokaralar «konstruktiv» ruhda o‘tdi – Uitkoff

22-mart kuni AQShning Florida shtatida Amerika va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlar davom etayotgan vositachilik sa’y-harakatlari doirasida tashkil etildi.

AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff ma’lum qilishicha, muzokaralar «konstruktiv» ruhda o‘tgan va asosiy e’tibor hal etilmagan masalalar doirasini qisqartirishga qaratilgan.

Uitkoff muzokaralar ahamiyatini ta’kidlab, ular global barqarorlik uchun muhim ekanini qayd etdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham delegatsiya AQShda ekanini tasdiqlab, 22 mart kuni birinchi uchrashuv bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.

«Butun dunyo uchun diplomatik sa’y-harakatlar davom etishi muhim. Hech kim bu urushni istamaydi», – dedi u.

Zelenskiyning aytishicha, muzokaralar 23 mart kuni ham davom etadi.

Ukraina rahbariga ko‘ra, muzokaralardagi asosiy masala Rossiyaning urushni tugatishga qanchalik tayyor ekani bilan bog‘liq.

«Asosiy savol – Rossiya haqiqiy va halol ravishda urushni to‘xtatishga tayyormi», — dedi Zelenskiy.

Uning ta’kidlashicha, bu muzokaralar Yaqin Sharqdagi, xususan Eron atrofidagi keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda o‘tmoqda. Bu esa Ukrainadagi urushni hal etish masalasini yanada murakkablashtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring