Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShda bir kunda uchta o‘lim jazosi ijro etildi

AQShda bir kunda uchta o‘lim jazosi ijro etildi

Foto: Bild

AQShda bir kunda uchta o‘lim jazosi ijro etildi, deb xabar berdi Bild nashri.

Oklahoma, Tennessi va Alabama shtatlarida og‘ir jinoyatlar uchun sudlangan uch erkak bir necha soatlik farq bilan o‘lim in’yeksiyasi yordamida qatl etildi.

  • Oklaxomada 2003-yilda o‘zi bilan birga yashab kelgan ayolni o‘ldirgani uchun sudlangan 70 yoshli Karlos Kuesta-Rodriges qatl etildi.
  • Tennessida o‘lim jazosi Entoni Darrell Haynsga qo‘llanildi. Bu erkak 41 yil oldin bir ayolni o‘ldirgan.
  • Alabamada besh yoshli qizchani o‘g‘irlash, zo‘rlash va o‘ldirishda aybdor deb topilgan 42 yoshli Jeremi Uilyams qatl etildi.

Bir kunda uchta hukmning ijro etilishi tasodif bo‘lsa-da, u qatl etiluvchilar soni ko‘payayotgani bo‘yicha umumamerika tendensiyasini aks ettiradi, deyishmoqda ekspertlar.

2025-yilda AQShda 47 kishi qatl etilgan — bu 2009-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgandi. 2026-yilning boshidan buyon esa mamlakatda 22 ta o‘lim hukmi ijro etildi. Pew Research Center tadqiqot markazi o‘tkazgan so‘nggi ijtimoiy so‘rovlariga ko‘ra, AQSh katta yoshli aholisining qariyb uchdan ikki qismi qotillik uchun sudlangan shaxslarga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanilishini qo‘llab-quvvatlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring