Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron AQShning Saudiyadagi bazasida yana 5 ta KC-135 samolyotini zararlagan

Eron AQShning Saudiyadagi bazasida yana 5 ta KC-135 samolyotini zararlagan


Eron raketa hujumi Saudiya Arabistonidagi Prince Sultan aviabazasida joylashgan AQSh harbiy samolyotlariga zarar yetkazgan. Bu haqda The Wall Street Journal nashri ikki amerikalik amaldorga tayanib xabar bergan, Reuters ham ushbu ma’lumotni keltirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida AQSh Harbiy-havo kuchlariga qarashli yerda turgan beshta havoda yoqilg‘i quyish samolyoti shikastlangan. Nashr qayd etishicha, samolyotlar butunlay yo‘q qilinmagan, ayni paytda ular ta’mirlanmoqda. Hujumda qurbonlar qayd etilmagan.

Bu holat so‘nggi kunlarda yo‘qotilgan yoki shikastlangan amerikalik yoqilg‘i quyish samolyotlari sonini kamida yettitaga yetkazgan. Avvalroq, Iroq osmonida ikki KC-135 samolyoti bilan bog‘liq hodisa ham yuz bergan edi.

Hozircha AQSh Markaziy qo‘mondonligi – CENTCOM mazkur zarba yuzasidan rasmiy izoh bermagan. Reuters ham WSJ keltirgan ma’lumotni mustaqil ravishda to‘liq tasdiqlay olmaganini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Markaziy qo‘mondonligi Iroq g‘arbida qulagan KC-135 havoda yoqilg‘i quyish samolyoti bortida bo‘lgan barcha 6 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lganini rasman tasdiqlagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring