Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronga qarshi hujumlar AQShga kamida 12 mlrd dollarga tushgan

Eronga qarshi hujumlar AQShga kamida 12 mlrd dollarga tushgan

AQSh Milliy iqtisodiy kengashi rahbari Kevin Hassett Tramp ma’muriyatining Eronga qarshi hujumlari Amerikaga kamida 12 milliard dollarga tushganini bildirdi. Uning aytishicha, hozircha ma’muriyat ixtiyorida zarur mablag‘ bor.

Hassett qo‘shimcha mablag‘ uchun Kongressga murojaat qilish-qilmaslik masalasida buni keyinchalik Boshqaruv va budjet boshqarmasi baholashini aytgan.

Avvalroq Pentagon Kongressdagi yopiq brifingda urushning ilk 6 kunining o‘zida xarajatlar 11,3 milliard dollardan oshganini ma’lum qilgan edi. Bu hisob-kitobning asosiy qismi o‘q-dori va raketalarga to‘g‘ri kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Mudofaa vazirligi Kongressdan raketalar zaxirasini qayta to‘ldirish uchun 11 mlrd dollar ajratishni so‘rgani xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring