Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eronni tosh davriga qaytarib yuboramiz — Tramp amerikaliklarga murojaat qildi

Eronni tosh davriga qaytarib yuboramiz — Tramp amerikaliklarga murojaat qildi

Foto: AP

Prezident Donald Tramp amerikaliklarga murojaat qilib, bir qator balandparvoz da’volarni ilgari surdi. Xususan, Eronga nisbatan keskin choralar ko‘rilishini aytib, Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha bir qator bayonotlar berdi.

Trampning murojaatidan asosiy iqtiboslar:

Yaqin 2-3 hafta ichida biz Eronga juda kuchli zarba beramiz. Ularni o‘zlariga loyiq bo‘lgan joyga — tosh davriga qaytaramiz.

AQSh harbiy operatsiyani muvaffaqiyatli va yakuniga yaqin deb hisoblaydi.

Hozirgi vaqtda ustuvor vazifa diplomatiya emas, balki harbiy harakatlarni davom ettirishdir.

Eron endi Yaqin Sharq uchun «xavf tug‘dirmaydi».

AQShda yoqilg‘i narxining qisqa muddatli ko‘tarilishi Eronning harakatlari bilan bog‘liq, biroq mamlakat iqtisodiyoti bunga tayyor.

Eron Yevropa va AQShgacha yetib borishi mumkin edi. Ular imkon qadar ko‘proq qurol ishlab chiqarmoqchi bo‘lishdi, biz esa bu qurollarni yo‘q qildik.

AQShga Yaqin Sharq nefti kerak emas.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bilan bog‘liq vaziyat urush tugaganidan keyin hal etiladi.

Neft olmoqchi bo‘lgan davlatlar bo‘g‘ozdagi xavfsizlikni o‘zlari ta’minlashlari yoki neftni AQShdan sotib olishlari kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring