Fransiyada ikki yilda besh marta bosh vazir almashdi

Fransiya bosh vaziri Sebastyan Lekornyu iste’foga chiqdi, bu haqda bugun BFM telekanali va Le Figaro nashri hukumatdagi manbalariga asoslanib xabar berdi.
39 yoshli Lekornyu 9-sentyabr kuni bosh vazir lavozimiga tayinlangan edi. Bungacha o‘zidan oldin iste’foga chiqqan Fransua Bayru hukumatida mudofaa vaziri lavozimida ishlagan.
Lekornyu hukumat rahbari lavozimida bir oydan kamroq ishladi. Mamlakatning butun yangi tarixi davomida hali hech kim bosh vazir lavozimidan bunchalik qisqa vaqt ishlamagan, deb yozdi Le Figaro.
Shu tariqa so‘nggi ikki yil ichida Fransiyada besh marta bosh vazir o‘zgardi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter