Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Belgiya bosh vaziriga suiqasdning oldi olindi

Belgiya bosh vaziriga suiqasdning oldi olindi

Foto: Omar Havana/AP

Belgiya politsiyasi Antverpenda bosh vazir Bart de Vever va boshqa ba’zi siyosatchilarga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilinayotgan uch kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Het Laatste Nieuws (HLM) portali huquq-tartibot idoralariga asoslanib xabar berdi.

«Gumonlanuvchilar portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan dron vositasida terakt sodir etishni rejalashtirgan. Uch nafar gumonlanuvchi qo‘lga olinib, ulardan biri qo‘yib yuborildi», — deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, uchinchi gumonlanuvchi unga qarshi dalillar «hibsda ushlab turish uchun yetarli emasligi» sababli qo‘yib yuborilgan.

Bart de Vever Antverpen meri lavozimida ishlaganida ham suiqasd nishoniga aylangan, o‘shanda ham hujumning oldi olingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring