Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada birinchi marta ayol kishi bosh vazir bo‘lishi mumkin

Yaponiyada birinchi marta ayol kishi bosh vazir bo‘lishi mumkin

Foto: Tomohiro Ohsumi/Getty Images

Yaponiya bosh vaziri lavozimini birinchi marta ayol kishi egallashi mumkin, deb xabar berdi NHK.

Sobiq iqtisodiy xavfsizlik vaziri Sanae Takaiti hukmron Liberal-demokratik partiya rahbarligi uchun saylovida g‘alaba qozondi.

Takaiti o‘ng qarashlari va yapon militarizmining ramzi — Yasukuni ibodatxonasiga tashrifi bilan tanilgan. Hozircha u keskin mavzularni ko‘targani yo‘q.

Yaponiya bosh vaziri oktyabr oyi o‘rtalarida parlament tomonidan saylanadi. LDP parlamentdagi ko‘pchilik o‘rnini yo‘qotgan bo‘lsa-da, muxolifat yagona nomzod borasida kelishib olish dargumon, shu bois Takaitining imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.

2025-yil sentyabr oyi boshida bosh vazir Shigeru Isiba iste’foga chiqishini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring