Gongkongdagi yirik yong‘inda 13 kishi qurbon bo‘ldi
Gonkongdagi yirik yong‘inda 13 kishi halok bo‘ldi.
South China Morning Post nashrining xabar berishicha, Gonkongda sodir bo‘lgan yirik yong‘inda kamida 13 kishi halok bo‘ldi. Yana 16 kishi og‘ir jarohat oldi. 4000 kishi istiqomat qiladigan bir nechta ko‘p qavatli binolar yonib ketdi.
Yong‘in turar-joy majmuasidagi bambuk yog‘ochlarini qamrab oldi va ko‘plab aholi ichkarida qolib ketdi. Yong‘in xavfliligi bo‘yicha eng yuqori daraja bo‘lgan 5-toifaga kirdi.
SCMN ma’lumotlariga ko‘ra, bu Gonkongda 17 yil ichida birinchi 5-toifadagi yong‘in. Bunday yirik yong‘in oxirgi marta 2008 yilda sodir bo‘lgan, o‘shanda Mong Kokdagi karaoke-bar va tungi klubda to‘rt kishi halok bo‘lgan va 55 kishi jarohatlangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter