Gruziya sobiq bosh vaziri besh yilga qamaldi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri Irakli Garibashvili pul yuvishda ayblanib, besh yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Gruziya Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, Garibashvili bilan aybni tan olish bo‘yicha kelishuvga erishilgan, unga ko‘ra u besh yilga ozodlikdan mahrum qilingan va 1 million lari (370 000 dollar) miqdorida jarimaga tortilgan.
«Irakli Garibashvili aybini tan oladi va kelishuv shartlariga rozi», deb xabar berdi prokuratura Facebookʼdagi postida.
Oktyabr oyida Garibashvili Gruziya Jinoyat kodeksining 194-moddasi bo‘yicha, katta miqdordagi daromad olish bilan bog‘liq pul yuvishda ayblangan.
Ayblov xulosasiga ko‘ra, 2019 yildan 2024 yilgacha Gruziya mudofaa vaziri va bosh vaziri lavozimlarida ishlagan Garibashvili rasmiy maoshidan tashqari biron bir tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish yoki boshqa biron bir haq olishdan mahrum qilingan.
Garibashvili milliarder va «Gruziya orzusi» partiyasi asoschisi Bidzina Ivanishvilining eng yaqin ishonchli vakillaridan biri hisoblangan. O‘tgan yilning aprel oyida Garibashvili siyosatdan ketishini e’lon qildi va faoliyatini yakunladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter