Gruziyada Korrupsiyaga qarshi kurashish idorasi tugatiladi
Gruziya hukumati 2026-yil martida Korrupsiyaga qarshi kurashish idorasi faoliyatini tugatadi. Bu haqda parlament spikeri Shalva Papuashvili 17-noyabr kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, idora tugatilib, uning funksiyalari to‘liq Davlat audit xizmatiga o‘tkaziladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish idorasi mansabdor shaxslar, partiyalar va nodavlat tashkilotlarning deklaratsiyalarini to‘plash va baholash bilan shug‘ullanadi, bu vazifani Davlat auditi xizmati ham bajarishi mumkin, dedi Papuashvili.
Ma’lumot uchun: Gruziyada Korrupsiyaga qarshi kurashish idorasi 2022-yilda Yevropa Ittifoqi tavsiyasi bilan tashkil etilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter