Iroq g‘arbida AQShning yoqilg‘i quyuvchi samolyoti urib tushirildi
Iroq g‘arbida AQShning KC-135 yoqilg‘i quyuvchi samolyoti urib tushirildi — olti kishidan iborat butun ekipaj halok bo‘lgan.
Yana bir KC-135 shikastlandi, biroq ekipaj bortni Isroilga muvaffaqiyatli qo‘ndira olgan.
KC-135 — havoda yoqilg‘i quyish uchun mo‘ljallangan asosiy samolyot hisoblanadi. U 14 metrgacha bo‘lgan teleskopik shtanga orqali B-52 bombardimonchilari, F-15 va F-35 qiruvchi samolyotlariga yoqilg‘i uzatadi. Samolyot bir parvoz davomida 90 tonnagacha yoqilg‘i yetkazib berishi mumkin. Ushbu ulkan texnikaning narxi taxminan 25 million dollarni tashkil etadi.
Pentagon yoqilg‘i quyuvchi samolyot o‘zlariniki tomonidan urib tushirilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminni rad etdi. Bu «Epik g‘azab» (Epic Fury) operatsiyasi davomida yo‘qotilgan to‘rtinchi Amerika samolyotidir.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Iroqdagi shia guruhlari tomonidan raketada urib tushirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter