Marokashda suv toshqini sabab 37 kishi qurbon bo‘ldi
Marokash g‘arbidagi suv toshqini 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, deb xabar berdi TanjaNews mahalliy hokimiyatga tayanib. Avvalroq qurbonlar soni 20 kishi ekanligi haqida xabar berilgan.
Yana 14 kishi tibbiy yordam olmoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Sofiya provinsiyasida kuchli yomg‘ir tufayli 14 dekabr kuni suv toshqini boshlandi. Kamida 70 ta uy va do‘kon suv ostida qoldi, bir nechta yo‘llar esa shikastlandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter