Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh chegarasini buzib kirishda tarixiy antirekord qayd etildi

AQSh chegarasini buzib kirishda tarixiy antirekord qayd etildi

2024-yil oktyabridan 2025-yil sentyabrigacha AQSh chegara xizmati AQSh-Meksika chegarasida 238 mingga yaqin noqonuniy kesib o‘tishga urinishlarni qayd etdi.

Bu 1970-yildan beri eng past ko‘rsatkich bo‘lib, o‘shanda taxminan 202 ming shunday hodisa qayd etilgan. Bu raqamlarni CBC News AQSh Ichki xavfsizlik departamenti ma’lumotlariga tayanib xabar qilmoqda. 

CBS News ta’kidlaganidek, bu yilgi ko‘rsatkichlar Jo Bayden ma’muriyati davridagi ko‘rsatkichlardan keskin farq qiladi. 2022-yilda rasmiy chegara o‘tish joylarini chetlab o‘tishga 2,2 million urinish bo‘lgan, bu tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Oxirgi 12 oy ichida noqonuniy urinishlarning aksariyati - 60 foizdan ortig‘i Bayden ma’muriyati davrida sodir bo‘lgan. 

Telekanalning Oq uy matbuot kotibi Abigayl Jeksonga iqtibos keltirishicha, prezident Tramp “janubiy chegaramiz xavfsizligini ta’minlash haqidagi va’dasini to‘liq bajarmoqda” va “Amerikaliklar endi “noqonuniy musofirlar va xavfli giyohvand moddalar”dan xavfsiz. Ayni paytda, Migratsiya siyosati instituti tahlilchisi Ariel Ruiz Sotoning qayd etishicha, noqonuniy kesib o‘tishlar kamayishi 2024-yilning yozida, Bayden ma’muriyati boshpana talablarini kuchaytirgan paytda boshlangan. Tramp ma’muriyati, ekspertning so‘zlariga ko‘ra, bir necha oy ichida migratsiya oqimlari uchun “yangi norma”ni o‘rnatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring