NATO Anqarada 50 milliard dollarlik mudofaa bitimlarini imzoladi
Turkiya poytaxti Anqara shahrida NATO sammiti arafasida o‘tkazilgan mudofaa sanoati forumida kamida 50 milliard dollarlik shartnoma va kelishuvlar imzolandi. Bu haqda Türkiye nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kelishuvlar paketiga havo hujumidan mudofaa tizimlari, uchuvchisiz apparatlarga qarshi kurash vositalari, qo‘shma mudofaa loyihalari hamda harbiy texnologiyalarga investitsiyalar kiritilgan.
Shuningdek, NATO dronlar tahdidiga qarshi mudofaani kuchaytirish maqsadida 40 milliard dollarlik maxsus dasturni ham ishga tushirishini ma’lum qildi. Dastur doirasida a’zo davlatlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va qo‘shma tezkor imkoniyatlarni kengaytirish rejalashtirilgan.
NATO bosh kotibi Mark Ryutte alyans oldidagi asosiy vazifa mudofaa xarajatlarini yanada oshirish emas, balki qurol-yarog‘ ishlab chiqarish hajmini sezilarli ko‘paytirish ekanini ta’kidladi.
Anqarada o‘tayotgan NATO sammitida Ukrainaga harbiy yordam, Yevropa xavfsizligi, mudofaa sanoatini kengaytirish va a’zo davlatlar o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni mustahkamlash masalalari asosiy kun tartibidan o‘rin olgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter