Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Niderlandiya Ukrainaga harbiy yordam berish imkoniyatlari tugaganini ma’lum qildi

Niderlandiya Ukrainaga harbiy yordam berish imkoniyatlari tugaganini ma’lum qildi

Foto: TASS

Niderlandiya Ukraina uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari deyarli to‘liq tugaganini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Dilan Yeshilgyoz-Zegerius Bloomberg agentligiga bergan intervyusida aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat shu paytgacha Ukrainaga juda katta hajmda yordam ko‘rsatgan va endi yangi harbiy yordam ajratish imkoniyati qolmagan.

Vazirning ta’kidlashicha, bundan buyon Niderlandiya boshqa davlatlarni Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga faolroq jalb etishga e’tibor qaratadi. Shuningdek, u Ukraina tomonidan mudofaa tizimlari uchun raketalar yetkazib berish bo‘yicha yangi so‘rovlar yuzasidan ham mamlakat o‘z imkoniyatlari chegarasiga yetganini qayd etdi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Niderlandiya hozirgacha Ukrainaga harbiy yordam uchun 9,1 milliard yevro sarflagan. Kelgusida esa bu maqsadlar uchun yana jami 11,6 milliard yevro ajratish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, mamlakat Yevropa ittifoqchilari tomonidan AQSh qurollarini Ukraina uchun xarid qilishni nazarda tutuvchi PURL tashabbusi doirasida yana 1 milliard yevro ajratish majburiyatini olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring