Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OAV: urush to‘xtagandan so‘ng ham ellikdan oshiq g‘azolik halok bo‘ldi

OAV: urush to‘xtagandan so‘ng ham ellikdan oshiq g‘azolik halok bo‘ldi

O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirgandan so‘ng Isroil harbiy harakatlari natijasida G‘azo sektorida kamida 51 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazira tibbiyot xodimlariga tayanib xabar berdi

Telekanal manbalariga ko‘ra, anklavdagi yana 150 kishi jarohat olgan. 

Isroil mudofaa kuchlari Falastinning HAMAS harakati 19 oktyabr kuni G‘azo janubidagi Rafah hududida qo‘shinlarga hujum qilganini ma’lum qildi. Isroil harakatni o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzganlikda ayblab, javob zarbalarini berdi. 

Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats armiyaga “G‘azo sektoridagi Xamas terrorchilik nishonlariga qarshi qat’iy harakat qilish”ni buyurganini aytdi. Falastin harakati Rafah hodisasiga aloqadorligini rad etib, o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzmaganini bildirdi. 

Isroil va XAMAS o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi 10 oktyabrdan kuchga kirdi.Ikkala tomon bir necha bor bir-birini sulhni buzganlikda ayblab keladi. Qo‘shma Shtatlar HAMASning harakatlari tufayli tinchlik kelishuvlariga tahdid solishi haqida ogohlantirgan, biroq Falastin harakati ayblovlarni rad etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring