Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV Putinning ikki "o‘g‘li" haqida yozdi: tafsilotlar

OAV Putinning ikki

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tug‘ilgan kunida ba’zi OAV uning ehtimoliy o‘g‘illarining ismlari va fotosuratlarini oshkor qildi

Bugun Rossiya prezidenti 73 yoshga to‘ldi. Rossiyalik jurnalistlar Roman Badanin va Mixail Rubin uning oilasi va sobiq gimnastikachi Alina Kabayeva bilan munosabatlari haqida yangi ma’lumotlarni ochib beruvchi "Shoh(sar)ning o‘zi" kitobini taqdim etdi, deb xabar beradi "Agenstvo". 

Nashrning yozishicha, Putin va Kabayevaning Ivan va Vladimir ismli ikki o‘g‘li bor. Rasmiy hujjatlarda ular Spiridonov familiyasi ostida, ehtimol Rossiya prezidentining bobosi Vladimir Spiridonovich Putin sharifiga nomlangan. 

O‘g‘illar yashirincha yashaydilar va ko‘p vaqtlarini Valdaydagi prezident qarorgohida o‘tkazadilar. Ular uchun alohida saroy, kurort majmuasi, dam olish maskani, istirohat bog‘i barpo etilgan. Har birining shaxsiy mashinasi haydovchisi va prezident qo‘riqlash xizmati qo‘riqchilari bor. 

Ular Putinning turli familiyalardan foydalanadigan yagona farzandlari emas. Uning birinchi turmushidan qizlari Tixonova va Voronsova, nikohsiz qizi esa Rozova nomi bilan mashhur. Ikkinchisi, OAV xabarlariga ko‘ra, bir muddat Fransiyada Elizaveta Rudnova nomi bilan yashagan va hatto Parij galereyasida ishlagan.

Rasmiy talqinga ko‘ra, Rossiya rahbarining faqat ikki nafar qizi bor. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring