Qozog‘istonda Pavel Durov sabab tekshiruv boshlandi

Qozog‘istondagi Ko‘lsay ko‘llari milliy bog‘i Telegram asoschisi milliarder Pavel Durovning ko‘lda noqonuniy cho‘milishi bo‘yicha tekshiruv boshladi, deb xabar berdi Tengri News. Istirohat bog‘i tartibni buzgan xodimlarni jazolaydi.
Avvalroq Durov Telegramdagi akkauntida ko‘lda suzayotgani, fonda qor bilan qoplangan tog‘lar aks etgan videoni joylashtirgan edi.
Keyinchalik Ko‘lsay ko‘llarida suzish qat’iyan man etilgani, bu ma’muriy huquqbuzarlik ekanligi va shuning uchun bog‘ rahbariyati ichki tekshiruv boshlaganini ta’kidladi.
"Belgilangan hududni noto‘g‘ri nazorat qilishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘riladi", dedi park ma’muriyati Durovga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jarima haqida gapirmasdan.
Ko‘lsay ko‘llari davlat milliy tabiat bog‘i tarkibiga kiradi, ya’ni har qanday qoidabuzarlik Jinoyat kodeksining 100-moddasiga muvofiq jarima solinishiga sabab bo‘ldi. Qozog‘iston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 380-1 - moddasiga jarima 39 320 tengeni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter