Tramp: «Putin Ukraina muvaffaqiyatga erishishini istaydi»
28-dekabr kuni Floridada bo‘lib o‘tgan Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi muzokaralardan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida AQSh prezidentiga Rossiyaning urushdan keyingi Ukraina tiklanishidagi javobgarligi muhokama qilingan-qilinmagani haqida savol berildi. Ma’lumki, Tramp muzokaralardan oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashgan edi.
«Ha, muhokama qilindi. Rossiya yordam beradi. Rossiya Ukraina oxir-oqibat muvaffaqiyatga erishishini istaydi. Bu biroz g‘alati tuyulishi mumkin, ammo men prezident [Zelenskiy]ga tushuntirdim: Putin Ukraina muvaffaqiyatga erishishiga ijobiy munosabatda. Bu, jumladan, Rossiyadan energiya resurslari, elektr energiyasi va boshqa tovarlarni juda past narxlarda yetkazib berish orqali ham amalga oshirilishi mumkin», – dedi Donald Tramp.
Vladimir Zelenskiy esa Rossiya Ukrainaga muvaffaqiyat tilayotgani haqidagi so‘zlarga kinoya bilan javob qaytardi: u qoshlarini ko‘tarib, kulimsirab, «Ha», deb javob berdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter