Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinni ulug‘lash borasida yangi taklif ilgari surildi

Putinni ulug‘lash borasida yangi taklif ilgari surildi

Foto: Kreml matbuot xizmati

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat tarixida o‘tgan Ivan III, Pyotr I, Yekaterina II singari hukmdorlardek “buyuk” sifatiga loyiqdir. Bu fikrni Rossiya prezidenti huzuridagi Tarixiy xotira milliy markazi rahbari Yelena Malisheva ilgari surdi.

“Hukmdorlar nega buyuk deb ataladi? Chunki Rossiya tarixida o‘tgan Ivan III, Pyotr I, Buyuk Yekaterina boshqaruvi davrida ijtimoiy, iqtisodiy, geosiyosiy dolg‘alar kuzatilgan va ular mamlakatning kelgusi taraqqiyotini belgilash borasida mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishgan. Mana, ularning buyukligi nimada!” – degan Tarixiy xotira milliy markazi rahbari. 

Uning fikricha, Rossiya bugun ham nomi zikr qilingan hukmdorlar davridagi kabi vaziyatni boshdan kechirmoqda va Putin mamlakat taraqqiyoti bo‘yicha javobgarlikni gardaniga olib munosib faoliyat yuritmoqda. 

Yelena Malisheva nazdida, bugun Rossiya jamiyatida barcha aholi ko‘tarinki ruh va yuqori kayfiyatda olg‘a odim otmoqda. Bularning bari Putinning sa’y-harakati bilan bo‘layotganini ta’kidlagan jamoat arbobi amaldagi prezident nomiga “buyuk” sifatini qo‘shishni taklif qilgan.

Ma’lumot o‘rnida: avvalroq Putin ham o‘zini imperator Pyotr Birinchiga tenglashtirib, Ukraina bosqinidan maqsad xuddi Pyotr kabi tarixiy yerlarni qaytarib olish ekanini aytgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring