Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya turizm bo‘yicha 2025 yilning dastlabki to‘qqiz oyida rekord natija qayd etdi

Turkiya turizm bo‘yicha 2025 yilning dastlabki to‘qqiz oyida rekord natija qayd etdi

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy Istanbulda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida turizm bo‘yicha joriy yilning to‘qqiz oylik natijalarini e’lon qildi.

Vazir ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya 2025 yilning dastlabki to‘qqiz oyida 50 million sayyohni qabul qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 foizga oshgan. Turizmdan olingan daromad esa 5,7 foizga ko‘payib, 50 milliard dollarni tashkil etdi. Sayyohlar Turkiyada o‘rtacha 10,3 kecha qolgan va kuniga o‘rtacha 103 dollar sarflagan. Bu natija o‘tgan yilga qaraganda 7 foizga ko‘p.

Vazir Mehmet Nuri Ersoy shunday dedi:

“2025 yilning dastlabki to‘qqiz oyida mintaqamiz jiddiy sinovlarga duch keldi. Mintaqaviy ziddiyatlar va global isish oqibatida yuzaga kelgan mavsumiy o‘zgarishlar turizmga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Shunga qaramay, puxta ishlab chiqilgan strategiya natijasida turizm daromadlari o‘tgan yilga nisbatan 5,7 foizga o‘sdi va bu rekord natijadir. Ilk bor uchinchi chorak yakunida daromad hajmi 50 milliard dollardan oshdi. Yil yakuniga qadar turizmdan jami 64 milliard dollar daromad olishni maqsad qilganmiz”.

Yilning dastlabki to‘qqiz oyida Turkiyaga eng ko‘p tashrif buyurgan sayyohlar Rossiya Federatsiyasi (5,53 million), Germaniya (5,22 million) va Buyuk Britaniya (3,54 million) dan bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring