Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda jarrohlar noodatiy amaliyotga qo‘l urishdi

Xitoyda jarrohlar noodatiy amaliyotga qo‘l urishdi

Xitoyning Shandun provinsiyasida jarrohlar bemorning qulog‘ini saqlab qolish maqsadida nozik, shu bilan birga g‘ayrioddiy amaliyot o‘tkazishdi. 

Xabar qilinishicha, bemorning qulog‘i tashqi ta’sir natijasida uzilib tushgan. Shifokorlar esa quloq to‘qimalarini nobud bo‘lmasligi uchun uni bemorning oyoqlariga ko‘chirib o‘tkazgan.

Jiddiy shikastlanish tufayli standart transplantatsiya imkonsiz bo‘lgan va shuning uchun shifokorlar oyoqni «tirik inkubator» sifatida ishlatishdi.

Qon oqimi tiklangandan so‘ng, quloq muvaffaqiyatli qayta o‘rnatildi va operatsiya a’lo darajada o‘tgan.

Ayni paytda bemor kasalxonadan chiqarildi va bu holat zamonaviy jarrohlikdagi eng noodatiy organlarni tiklash amaliyotlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Tibbiyot yana bir bor imkonsiz narsaning mumkin ekanligini isbotladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring