Zelenskiy ofisini Ukraina razvedkasi boshlig‘i boshqarishi mumkin
Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidenti devoni boshlig‘i lavozimiga mamlakat Razvedka Bosh boshqarmasi rahbari Kirill Budanov nomzodini taklif qildi.
2025 yilning noyabr oyi oxiriga qadar ushbu lavozimda Andrey Yermak faoliyat yurgizgan. U mamlakatdagi barcha atom elektr stansiyalari operatori bo‘lmish «Energoatom» kompaniyasi atrofidagi korrupsion muodarolar fonida iste’fo bergan edi.
Kirill Budanov Ukraina razvedkasini 2020 yildan buyon boshqarib keladi. U Ukraina tarixida harbiy razvedkani boshqargan eng faol rahbarlardan biri sifatida e’tirof etiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter