Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda qurilish bo‘limi bosh arxitektori qo‘lga olindi

Namanganda qurilish bo‘limi bosh arxitektori qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Namangan tumanida tadbirkordan 1 500 AQSh dollari talab qilgan bosh arxitektor ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Namangan tumani Qurilish va uy-joy kommunal ho‘jaligi bo‘limi bosh arxitektori tumanda faoliyat yurituvchi oilaviy korxona rahbaridan yashash uyining bir qismida yangi tashkil etayotgan avtomobillarni yuvish shoxobchasining loyiha hujjatlarini tayyorlab, qurilish ishlariga qo‘yilgan taqiqni bekor qildirib berishi evaziga 1 500 AQSh dollari talab qilib, shundan 500 AQSh  dollarini qo‘lga kiritib, o‘z xizmat xonasida qolgan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring