Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi

Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi

2-aprel, payshanba kuni Toshkent shahrida haydovchi M.A  boshqaruvida bo‘lgan 18-sonli yo‘nalishda harakatlanadigan avtobus Yakkasaroy tumani Sh.Rustavelli ko‘chasida maxsus yo‘lak (BRT) bo‘ylab «Janubiy vokzal» tomondan «Bobur» ko‘chasi tomonga harakatlanib ketayotgan vaqtida piyodani urib yuborgan.

«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, piyoda – 13 yoshli R.Z. piyodalar o‘tishi uchun mo‘ljallanmagan joydan svetaforning qizil chirog‘i ishoralariga rioya qilmasdan yugurib kesib o‘tayotganda YTH sodir bo‘lgan.

Haydovchi M.A. yo‘lovchi piyodaga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, zudlik bilan tez tibbiy yordamiga xabar bergan. Voqea joyiga kelgan tez tibbiiy yordam brigadasi piyoda R.Z.ni 16-sonli RShTTYoKIMga olib borgan. R.Z.ga bosh miya chayqalishi tashxisi qo‘yilgan, u hozirda shifokorlar nazoratida.

YTH belgilangan tartibda, Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring