Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Banklarning moliyaviy ahvolini tiklash tartibi belgilandi

Banklarning moliyaviy ahvolini tiklash tartibi belgilandi

Adliya vazirligi banklarning moliyaviy ahvolini tiklash rejasiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjat 3924-son bilan 2026-yil 13-avgustda ro‘yxatga olingan.

Nizom banklarning moliyaviy ahvolini tiklash rejasi mazmuni va uni yangilashga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Shuningdek, rejani Markaziy bankka taqdim etish va baholash tartibi ham nazarda tutilgan.

Tiklash rejasi bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Bank ichki audit xizmati esa rejaning ishlab chiqilishi, yangilanishi va amalga oshirilishini yiliga kamida bir marta mustaqil baholaydi.

Tiklash rejasi tarkibiga tiklash rejasini boshqarishga oid ma’lumotlar, strategik tahlil va tiklash ko‘rsatkichlari kiritiladi. Bundan tashqari, hujjatda tiklash chora-tadbirlari, tiklash ssenariylari, reja doirasida kommunikatsiya qilish tartibi hamda uni amalga oshirishga qaratilgan tayyorgarlik choralari belgilangan.

Bank tiklash rejasini har yili yangilaydi. Shu bilan birga, bankning tashkiliy tuzilmasi, faoliyati yoki moliyaviy ahvolida rejaga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan sezilarli o‘zgarishlar yuz bersa, reja muddatidan oldin ham yangilanadi.

Nizomga ko‘ra, banklarning tiklash rejalari muntazam ravishda ko‘rib chiqilib, zarur hollarda yangilanib boriladi. Mazkur hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring