Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi amaliyotga joriy etiladi

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi amaliyotga joriy etiladi

Joriy yil 9-dekabr kuni «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida»gi O‘RQ–1101-son qonun qabul qilindi.

Qonunga ko‘ra, fuqarolarga nisbatan davlat ijtimoiy sug‘urtasining amal qilishi majburiy yoki ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.

Sug‘urta hodisalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • kasallik munosabati bilan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik;
  • homiladorlik va tug‘ish;
  • ish yoki daromadni yo‘qotish.

Sug‘urta hodisalari yuzaga kelganda sug‘urtalangan shaxslarga va (yoki) ularning oila a’zolariga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha quyidagi to‘lovlar amalga oshiriladi:

  • vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi;
  • homiladorlik va tug‘ish nafaqasi;
  • ishdan bo‘shatish nafaqasi.

Sug‘urta badali sug‘urtalangan shaxs uchun jamg‘armaga amalga oshiriladigan ajratma yoki to‘lov hisoblanadi.

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni olishga bo‘lgan huquq sug‘urta badallarining to‘lanishiga qarab yuzaga keladi.

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda va tegishli davrlar uchun tayinlanadi.

Ushbu Qonun 2026-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring