Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlar uchun «Ikkinchi imkon» loyihasi amalga oshiriladi

Jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlar uchun «Ikkinchi imkon» loyihasi amalga oshiriladi

Illyustrativ foto

«Jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, jazoni o‘tayotgan yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitishga qaratilgan «Ikkinchi imkon» ijtimoiy reabilitatsiya milliy loyihasi amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida 2026-yil 1-iyundan Toshkent, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi, 2027-yil 1-martdan respublikaning boshqa hududlaridagi jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlarni zamonaviy raqamli kasblarga o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda:

  • o‘quv kurslari 8–12 oylik intensiv o‘quv dasturlari asosida jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladi;
  • o‘quv kurslariga ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyatlarni sodir etgan jazoni o‘tayotgan yoshlar jalb qilinadi;
  • o‘quv kurslariga jalb qilinganlar xorijiy tillarni (ingliz, rus, xitoy va boshqalar) o‘rganish bo‘yicha yagona intensiv dasturlar asosida ham o‘qitiladi;
  • o‘quv kurslari yakuni bo‘yicha tegishli dasturlarni o‘zlashtirgan jazoni o‘tayotgan yoshlarga elektron shakldagi sertifikatlar beriladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring