Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda hokimlik bosh mutaxassisi qo‘lga tushdi

Jizzaxda hokimlik bosh mutaxassisi qo‘lga tushdi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida noqonuniy yer sotish holati aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, tuman hokimligining qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi o‘g‘liga tegishli fermer xo‘jaligining 11 gektar yer maydonini xaridorga 11 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan. U muqaddam 5 ming AQSh dollarini olgan.

Keyinchalik qolgan 6 ming AQSh dollarini hamda hujjatlarni hokimlik va kadastr idoralaridagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga qo‘shimcha 700 AQSh dollari talab qilgan. U jami 6 700 AQSh dollarini olayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 28, 211-moddalari 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring