Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukusda narkosavdogarlar qo‘lga tushdi

Nukusda narkosavdogarlar qo‘lga tushdi

DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi va IIV tezkor xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Nukus shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1972-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan mahalliy fuqaro 9 g «opiy» moddasini Shumanay tumanida yashovchi, 1965-yilda tug‘ilgan mijozga 4 mln so‘mga sotgan vaqtida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Shuningdek, nukuslik narkosavdogarning yonidan qo‘shimcha 5 g «opiy» ham olindi.

Aniqlanishicha, u ajal og‘usini o‘zining 1981-yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan tanishidan olgan bo‘lib, Xo‘jayli tumanida davom ettirilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs 20 g «opiy»ni 8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.

Bundan tashqari, uning yonida bo‘lgan sumkadan ham 1 kg 176 g «opiy» moddasi olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur giyohvandlik vositasi Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

Hozirda uchala qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka muvofiq bunday jinoyat sodir qilgan shaxslar 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring