Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bir blogerga nisbatan «ish» qo‘zg‘atildi. Samarqand IIB uni qamoqqa olgan

Yana bir blogerga nisbatan «ish» qo‘zg‘atildi. Samarqand IIB uni qamoqqa olgan

Samarqand viloyati IIB «Sirojiddin media» MChJ rahbari, YouTube videoxostingida faol bloger Sirojiddin Adilovning qamoqqa olinganini ma’lum qildi.

IIB xabariga ko‘ra, Pastdarg‘om tumanida yashovchi 1961-yilda tug‘ilgan fuqaro R.X. 2024 yilning avgust oylarida Toshkent shahrida yashovchi 1980-yilda tug‘ilgan S.A. (S.Adilov, -tahr.)ga, boshqa shaxs bilan o‘rtalaridagi moliyaviy masalasini hal qilib berishini so‘rab murojaat qilgan. S.A. esa vakolatli shaxs bo‘lmasa-da, jabrlanuvchidan ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga ma’lum miqdorda pullarni olgan va hozirgi kunga qadar va’dasini bajarmasdan, aldab kelgan.

Pasdarg‘omlik fuqaro mazkur holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘rab, tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Hozirda holat yuzasidan fuqaro S.Adilovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan «Demokrat.uz» internet nashri rahbari Fazlidinxon Mehmonov hamda blogerlik faoliyatini yurituvchi Aziz G‘oipnazarovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring