Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat budjetini tuzish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi

Davlat budjetini tuzish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: Depositphotos

Davlat budjetini tuzish va ijro etish tartibi takomillashtirildi.

Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi idoraviy hujjatni (ro‘yxat raqami 3558-5, 27.07.2026-y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Mazkur o‘zgartirishlar Budjet kodeksiga kiritilgan normalar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra:

- mahalliy budjetlarni rejalashtirishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining roli kuchaytirilib, daromadlar prognozi, xarajatlarning dastlabki miqdorlari va budjetlararo transfertlar bo‘yicha takliflarni shakllantirishdagi vazifalari belgilandi;

- budjet so‘rovlaridagi asossiz yoki samaradorligi past xarajatlarni qisqartirish mexanizmi joriy etildi. Tegishli tashkilotlar bildirishnoma olganidan keyin 3 ish kuni ichida yangilangan budjet so‘rovini taqdim etadi;

- budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning rivojlantirish dasturlari kamida 3 yilga tuzilib, ularda aniq natija ko‘rsatkichlari va kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik belgilanadi;

- mahalliy budjetlarga budjet ssudasi ajratish to‘g‘risidagi talabnoma 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Natijasi bo‘yicha arizachiga 1 ish kuni ichida xabar beriladi;

- davlat moliyasi barqarorligini baholash uchun umumiy fiskal balansni shakllantirish va hisoblash tartibi belgilandi.

Mazkur o‘zgartirishlar budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanishga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring