Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Soliq qo‘mitasi, «O‘zbekneftgaz» va boshqa tashkilotlar mas’ullari 643 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi

Soliq qo‘mitasi, «O‘zbekneftgaz» va boshqa tashkilotlar mas’ullari 643 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi

Foto: Xabar.uz

Budjet mablag‘larining 643,2 mlrd so‘mi talon-toroj qilingani aniqlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Soliq qo‘mitasi komplayens va korrupsiyaga qarshi nazorat boshqarmasi bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda Soliq qo‘mitasi, Buxoro viloyati soliq boshqarmasi,«O‘zbekneftgaz» AJ, SH.G. MChJ, S.E. MChJ QK, A. MChJ va E.E. MChJ QKning O‘zbekistondagi doimiy muassasasi mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirgan. Ular Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish bo‘yicha berilgan 5,3 trln so‘mlik xizmatlar QQSdan ozod etilgan bo‘lsa-da, QQS summasini elektron hisob-fakturalarga noqonuniy kiritib, budjetda asossiz ravishda QQS mablag‘ini hosil qilib, ushbu mablag‘ni “A.” MChJning hisob raqamiga qaytarilishiga va “S.E.” MChJ QKning davlat oldidagi kreditorlik qarzdorliklarining yo‘q qilinishiga erishib, 643,2 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring