Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank 11 ta bankni jarimaga tortdi

Markaziy bank 11 ta bankni jarimaga tortdi

Foto: Xabar.uz

Markaziy bank 11 ta bankni jarimaga tortdi. 

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 2026-yil fevral oyida 7 marotaba yig‘ilish o‘tkazib, banklar, kredit va to‘lov tashkilotlari faoliyatiga oid 43 ta masalani muhokama qildi. 

 Asosan: 

- ro‘yxatga olish va ruxsat berish masalalari, 

- banklar va kredit tashkilotlarining moliyaviy holati, 

- prudensial me’yorlar va Markaziy bank ko‘rsatmalariga rioya etilishi, 

- inspeksiya tekshiruvlari natijalari, 

- iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, 

- bank va to‘lov tashkilotlarida kiberxavfsizlik talablari, 

- «tartibga solish qumdoni» doirasidagi sinov jarayonlari ko‘rib chiqildi. 

 Aniqlangan kamchiliklar natijasida: 

- 11 ta bankga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi. 

- 14 ta bank va 4 ta to‘lov tashkiloti chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi. 

Shuningdek: 

- 8 ta bankga nisbatan moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash orqali foydani taqsimlamaslik talabi belgilandi va makroprudensial buferlarni shakllantirish topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring