MKBANK 2026-yilda mahallalarda 50 mingdan ortiq mikroloyihalarni moliyalashtiradi
Bugun, 29-dekabr kuni Mikrokreditbank tomonidan aholining bandligini ta’minlash yo‘nalishida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlarga yakuniy nazar hamda 2026-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan matbuot anjumani hamda “Chig‘anoq” loyihasining taqdimoti o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida bank Boshqaruv raisi o‘rinbosari S.Melibayev, mas’ul departament rahbarlari, OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.

Qayd etilishicha, Mikrokreditbank yurtimizda kichik biznes, xususiy va yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish, hunarmandchilik hamda kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan yangi ish o‘rinlarini yaratish, ayniqsa, qishloq joylarda mikromoliyaviy xizmatlarni kengaytirish borasida o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Xususan, 2025-yilda bankning 95 ta hududiy bo‘linmasiga biriktirilgan 1 062 ta mahallada faoliyat olib borish uchun 323 nafar Mahalla bankiriga ko‘malashish uchun, 1 062 nafar yordamchi agentlar shartnoma asosida ishlab kelmoqda.
Ajratilgan kreditlar bo‘yicha:
Bugungi kunga qadar 9,8 trln so‘m, shundan, kichik va o‘rta biznesga 7,6 trln so‘m va dasturlar doirasida 4 trln. so‘m kreditlar ajratildi. Shundan, PQ-312 sonli qaror doirasida 812,7 mlrd so‘m; “Biznesga birinchi qadam” 455,7 mlrd so‘m; Oilaviy tadbirkorlik dasturi 1,6 trln so‘m; “Mening mahallam” dasturi 1,1 trln so‘m.
Aholi bandligi ta’minlash borasida:
Joriy yilda 356 612 nafar aholi bandligi ta’minlandi. Shundan, 135 306 nafari doimiy ishga joylashtirildi va 221 306 nafari tadbirkorlikka jalb qilindi.
Bank tomonidan aholiga taklif etilayotgan mikroloyihalar bo‘yicha:
Joriy yilda 47 561 ta mikroloyihaga 899,3 mlrd. so‘m kredit ajratilishi natijasida 97 453 ta ish o‘rni yaratildi.
Shuningdek, kam daromadli 11 136 ta xonadonlarga 318 mlrd. so‘mlik loyiha paketlari yetkazilib, 16 704 nafar aholi bandligi ta’minlandi.
Bank mijozlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar (Uychi tajribasi)
Joriy yilda bankning 44 014 nafar tadbirkorlari bilan 3 155 marotaba uchrashuvlarda ko‘tarilgan 13 351 ta murojaatlar hal qilinishi natijasida 15 156 ta ish o‘rni yaratildi.
“Bir kontur-bir mahsulot” tamoyilida namunali loyihalar
Aholiga (5 210 nafar) ijaraga berilgan 1 747 gektar yer maydonida “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida 159 ta namunali loyihalarda 2,9 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratilishi natijasida daromadbop va eksportbop mahsulotlar ekildi.
Natijada, 34 764 tonna mahsulot yetishtirildi, shundan 2 195 tonnasi eksport qilinib, umumiy hisobda 211,3 mlrd. so‘m daromad olindi.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi
Bankning 181 ta hududiy bo‘linma rahbar va o‘rinbosarlari tomonidan 412 ta oilaning daromadi yaxshilanib, ijtimoiy reyestrdan chiqarildi. Bunda, 137 nafar aholi doimiy ishga joylashtirildi, 84 nafari tadbirkorlikka jalb etildli, 2 nafariga 229 mln. so‘m kredit ajratildi, 4 nafari kasb-hunarga o‘qitildi.
Shuningdek, matbuot anjumanida Mikrokreditbank 2026 yil uchun ham o‘zining oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygani haqida ma’lumot berib o‘tildi.
2026 yilda ham barcha manbalar hisobidan 11 trln. so‘mlik kreditlar ajratiladi. Masalan, kichik va o‘rta biznesga 7,3 trln. so‘m, shundan, dasturlar doirasida 4,3 tlrn. so‘m kredit ajratilib, 140 mingga yaqin loyiha amalga oshiriladi. Jumladan, mahallalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda biriktirilgan 1 062 ta MFYdagi 50 mingdan ortiq mikroloyihalarga 2,7 trln. so‘m kredit mablag‘lari ajratiladi.
“Bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida 159 ta konturdagi 5 207 ta dehqon xo‘jaliklariga ijaraga berilgan 1 747 gektar yer maydonida namunali loyihalar amalga oshiriladi.
Matbuot anjumani oxirida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga bank tomonidan amalga oshirilayotgan ma’naviy loyihalar bilan ham tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Jumladan, bank tomonidan amalga oshirilayotgan “Chig‘anoq” innovatsion loyihasi alohida e’tirof etildi.
So‘nggi yillarda yurtimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va bu yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ana shunday xayrli ishlar doirasida “Mikrokreditbank” ATB va “Ijod NAShR” nashriyoti hamkorligida “Chig‘anoq” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyihaning ilk nashri – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va yozuvchi Faxriddin Hayitning “Osmon yerga yaqin” kitobi bo‘ldi. “Chig‘anoq”ning ikkinchi nashri ham o‘z kitobxonlarini uzoq kuttirmadi. Mansur Jumayevning “Hazrati ishq”, Fozil Farxodning “Avtoportet” kabi she’riy kitoblari ketma-ket nashrdan chiqa boshladi.
Bugun kitobning 5 ta soni bank moliyaviy ko‘magida nashrdan chiqqan bo‘lib, 4-kitob Nodirabegim Ibrohimovaning “Oysiz tunlar”, 5-kitob Bibi Robiya Saidovaning “Oqmaydigan tosh” kitoblaridir. 2026 yilda ham loyiha doirasida jami 10 nafar ijodkorning kitoblari nashrdan chiqarilishi rejalashtirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter