Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘tgan oyda tovar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,6 foizga oshgan – statistika

O‘tgan oyda tovar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,6 foizga oshgan – statistika

2026-yilning mart oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,6 foizga oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,2  foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,3  foizga hamda aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,2  foizga qimmatlashgani kuzatilgan.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan pomidor (11,5  foiz), bulg‘or qalampiri (10,0  foiz), kartoshka (9,8  foiz), qovoq (9,4  foiz), olma (7,4  foiz), banan (6,0  foiz), limon (4,4  foiz), tovuq tuxumi (2,1  foiz), mol go‘shti (suyaksiz go‘shtdan tashqari) (1,8  foiz), baliq (1,7  foiz), shakar (1,7  foiz), qo‘y go‘shti (1,2  foiz), kungaboqar yog‘i (1,0  foiz), kafe, oshxonalar, kafeteriylar va gazakxonalardagi tayyor taomlar (0,8  foiz) va birinchi navli bug‘doy uni (0,6  foiz) narxlarining oshishi inflyasiyaga asosiy ta’sir ko‘rsatdi.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan inflyasiyani pasaytiruvchi omil sifatida bodring (-20,7  foiz), karam (-4,7  foiz) va piyoz (-4,6  foiz) narxlarining pasayishi muhim hissa qo‘shdi.

Nooziq-ovqat mahsulotlar narxlaridan tomir kengaytiruvchi preparatlar (0,9  foiz), ayollar uchun ko‘ylaklar (0,8  foiz) hamda sement (0,8  foiz) narxlari o‘sishi, shuningdek, propan (-3,2  foiz), AI-92 markali benzin (-0,9  foiz) narxi pasayishi kuzatildi.

Shuningdek, xizmatlar narxi va tariflarida maishiy chiqindi uchun haq to‘lash (0,9  foiz) va bo‘yash ishlari xizmatlari (0,9  foiz) narxlari oshishi hamda ichki va xalqaro yo‘lovchi havo transporti (-4,1  foiz) tariflari narxlari pasayishi asosiy omil bo‘lib xizmat qildi.

Hisob-kitoblar uchun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalaridan 1,2 mln.ga yaqin narxlar qayd etilgan. 419 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 98 turdagi xizmatlar narxlari kuzatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring